Tezkor pul o‘tkazmalari
O‘zbekistonda ko‘plab oilalar Rossiyada ishlayotgan qarindoshlari tomonidan yuboriladigan pul o‘tkazmalariga tayanadi.
Muammo, vazifa
Ushbu o‘tkazmalar oilaviy farovonlikni saqlash va hayotiy rejalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, pul o‘tkazish jarayoni ko‘pincha noqulay bo'ladi, masalan, komissiyalar, mablag‘ning kechikishi va qo‘shimcha ilovalardan foydalanish zarurati va boshqalar. Ularni ajratib turuvchi masofa va soat farqlariga qaramay, ular tez-tez muloqot qilishadi, birgalikda reja tuzishadi va orzu qilishadi.
Yechim
Biz migrantlar va ularning oilalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni vizual tarzda ko‘rsatishga qaror qildik. Rolik spilit-ekran texnikasida ishlangan bo‘lib, ekranning gorizontal bo‘linishi orqali migrantlar va ularning ajralib qolgan oilalari hayoti parallel ravishda ko‘rsatiladi. Ekranning yuqori qismida O‘zbekistondagi oilalarning hayoti, pastki qismida esa chet elda bo‘lgan oila a’zolarining kundalik hayoti tasvirlanadi. Ushbu kadrlarda Agrobank ilovasi orqali amalga oshiriladigan tezkor va komissiyasiz pul o‘tkazmalari ularning hissiy va moliyaviy bog‘liqligini qanday saqlab qolishga yordam berishi ta’kidlanadi.
Natija
Reklama kampaniyasi 3 oy davom etdi, va boshlanishidan to yakuniga qadar o‘tkazmalar soni 5 baravar oshdi.