Bir klik – tabiatni asraylik
O‘zbekiston shiddat bilan rivojlanmoqda, biroq ekologik vaziyat esa eko savodxonlik va madaniyat darajasining nihoyatda pastligi hamda plastik, qog‘oz mahsulotlaridan tartibsiz foydalanish tufayli yomonlashib boryapti.
Muammo, vazifa
Chiqindilar deyarli hamma joylarda uchraydigan bo‘lib qoldi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan joriy etilgan keshbek dasturi esa muammoni yanada keskinlashtirdi. Olingan cheklar, skanerlangach, ko‘chaga uloqtirib yuborilishi odatiy holga aylandi.
Yechim
Yetakchi riteyler hisoblanmish Korzinka 2023-yilning mart oyida mamlakatda ilk bor o‘z mobil ilovasida elektron cheklardan muqobil sifatida foydalanish hisobiga qog‘oz cheklardan voz kechish funksiyasini tatbiq qildi. Korzinka, qo‘shimcha ravishda, Soliq.uz bilan keshbeklar tizimini integratsiyaladi. Bu esa foydalanuvchilarga chek chop etmasdan keshbek olish imkonini berdi.
Natija
Funksiya ishga tushganidan boshlab, 23 000 dan ziyod alohida foydalanuvchilar 750 000 qog‘oz cheklardan voz kechdilar. Ushbu tashabbus elektron cheklarning mamlakat darajasida qonuniyligi tan olinishiga olib keldi va bu jihat biznesga qog‘oz uchun xarajatlar tejalishida, ekologik yuklama va xatarlarni kamaytirishda, chiqindilar bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga zamin yaratadi.