Click Manifesti
Zo’rlik bu nima? U nimadan tashkil topgan? Mazkur savollarga Click manifesti javob beradi!
Muammo, vazifa
Click mahalliy bozorda eng ko’p yil davomida ishlab kelayotgan kompaniya, ilovada barcha yoshdagi foydalanuvchilar mavjud bo’lsada va kompaniya innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishiga qaramay, brend auditoriya tomonidan ishonchli davlat kompaniyasi sifatida qabul qilinadi va modaga oid narsalar yoki kashfiyotlar bilan bog’liq deb hisoblanmaydi.
Mazkur manifest kompaniyani yangi tomondan namoyish etishga qaratilgan.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yoshlar o'zlarini past baholaydilar va o’z ahamiyatini tushunmasdan, mashhur shaxslarga taqlid qilishga harakat qilishadi. Biz ularni qo'llab-quvvatlashga, ularning har biri chinakam ajoyib va muhim ekanligini ta'kidlashga qaror qildik. Ular har kuni ko'plab ajoyib ishlarni amalga oshirishadi: qiyin bo'lib tuyulgan vazifani hal qilish, imtihondan o'tish, yoki ertalablari yugurishni boshlash - bu buyuklik emasmi?
Yirik narsalar haqida o'ylab, odamlar kichik g'alabalar uchun o'zlarini maqtashni basa qildilar. Ammo aynan shu kichik g’alabalar insonlarning qiyinchiliklarni yengib o'tish qobiliyatini tasdiqlaydi va mahorati hamda iste'dodini namoyon etadi.
Yechim
Click manifesti barcha Click foydalanuvchilariga hurmat izhori, shuningdek, kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga nimalar ilhomlantirishi haqidagi hikoyadir. O'z iste'molchilarini o'rganib chiqqandan so'ng, Click aniq biladi: ular haqiqatdan ham zo’r. Nafaqat foydalanuvchilar, balki O‘zbekistonda yashovchi barcha fuqarolar. Click shu insonlarga o’xshagisi keladi: o’ziga ishonch baxsh etuvchi, qiyinni oson va oddiy qiluvchi texnologiyalar yaratishni xohlaydi. Click atrofdagilarni zo’r bo’lishga ilhomlantirishni va zo’r bo’lishga ilhomlanishni xohlaydi.
Kompaniya tomonidan taqdim etilgan rolikda kundalik vazifalarni bajaruvchi va unutilmas onlarni mustaqil yaratuvchi insonlar taqdim etilgan. Manifest foydalanuvchilar uchun hurmat izhori va kompaniya hamda uning foydalanuvchilari uchun ilhomdir.
Natija
Reklama kampaniyasi boshlanishidan bir hafta oldin tizer, ya’ni ilhomlantiruvchi iboralar chop etilgan, bu ham manifest keng ko’lamda tarqalishiga ta’sir qildi. Blogerlar ham, o’z navbatida ijobiy qaabul qilishdi,va o‘z izohlarini Telegram kanallarida chop etishdi. Videoni birinchi oyning o‘zida 3 500 000 dan ortiq foydalanuvchi tomosha qildi.