Komissiyasiz naqd pul olish yoki mamlakatning moliyaviy odatlarini qanday o'zgartirish mumkin
Bundan roppa-rosa 20 yil avval, 2004-yilda Oʻzbekistonda ilk plastik kartochka muomalaga chiqarilgan edi. Bu butun mamlakat uchun burilish nuqtasi boʻldi, chunki plastik kartalardan foydalanish kundalik hayotning bir qismiga aylandi. Bunga qaramay, Oʻzbekiston fuqarosining hayotini naqd pulsiz tasavvur qilish qiyin – barra sabzavotlar va issiq non uchun bozorga borish, farzandni maktabga tayyorlash va unga beriladigan choʻntak pullari, sevimli kafedagi choychaqalar. Har bir Oʻzbekistonlik naqd pul yechib olish punktini qidirganda “Naqd pulni navbatlarsiz, yuqori komissiyalarsiz va bankomatlar buzilishi ehtimoli qoʻrquvisiz qayerdan olish mumkin” degan savolga yuzlanadi.
Muammo, vazifa
Komissiyasiz naqd pul yechib olish nafaqat qulaylik, balki haqiqiy tejamkorlik hamdir. Har bir foydalanuvchi 14 000 dan ortiq Paynet shoxobchasida – muntazam toʻlovlarni amalga oshirayotgan joylarida oʻz pullarini bemalol va ortiqcha xarajatlarsiz yechib olishni xohlaydilar.
Yechim
Biz Paynet filiallarida komissiyasiz naqd pul yechib olish imkoniyatini hamma uchun ochiq oydin qilib qoʻygan keng koʻlamli kampaniyani ishga tushirdik. Kampaniya ambassadori Oʻzbekistonning eng mashhur vaynerlaridan biri – oʻz gʻayrati bilan millionlab odamlarning eʼtibori tortgan Moʻmin boʻldi. Bizning tashqi reklamamiz keng makonni qamrab oldi va maksimal darajada koʻpchilikka koʻrindi: • 9 ta shahar: Kampaniya mamlakatimizning Toshkentdan Nukusgacha boʻlgan asosiy shaharlarini qamrab oldi va Paynet filiallari joylashgan har bir hududda mavjudlikni taʼminladi. • 91 ta ekran: Biz strategik nuqtalarda — asosiy koʻchalarda, savdo markazlarida va vokzallarda joylashgan 91 ta ekrandan foydalandik. Har bir ekranda odamlarni komissiyasiz naqd pul yechib olish xizmatidan foydalanishga taklif qiluvchi kampaniya ambassadori ishtirokida yorqin va diqqatni tortuvchi suratlar aks ettirildi. • Joylashuvni hisobga olgan holda yaratilgan kreativlar: Foydalanuvchilarning xohish-istaklari tahlili shuni koʻrsatdiki, hududlardagi tomoshabinlar xizmatlar va imtiyozlar batafsil va sodda tariflangan konservativ formatdagi kreativlarni afzal koʻrishadi, shu bilan birga, shahar reklama landshaftiga toʻyinganligi sababli, Toshkent auditoriyasida anʼanaviy yondashuvlar va kreativlarga bee’tiborlik yuzaga kelgan, ongsiz ravishda media maydonining axborot shovqiniga eʼtibor bermasdan, vaziyat dadil va konseptual yechimlarni talab qildi, shuning uchun biz Oʻzbekistonlik foydalanuvchilarning xohish-istaklarini inob atga olgan holda viloyatlar va Toshkent uchun takrorlanmas, turli xil kreativlarni ishlab chiqdik. • Dinamik kontent: Zamonaviy texnologiyalar va dinamik kreativlar tufayli bizning ekranlarimiz odatda tashqi reklamani yoqtirmaydiganlarning ham eʼtiborini tortdi. Moʻmin ishtirokidagi animatsiyalar va qisqa videoroliklar ushbu xizmatning afzalliklari haqida butun mamlakat boʻylab samarali tarzda yetkazildi
Natija
• Qamrov: Bizning kampaniyamizni Respublikaning 9 ta yirik shahrida 23 milliondan ortiq kishining eʼtiborini tortdi va maqsadli auditoriyaning 91 foizini qamrab oldi. • Trafikning oʻsishi: aksiyada ishtirok etgan Paynet filiallari kampaniya davrida trafikning 48% ga oʻsishini qayd etdilar. • Naqd pul yechib olish holatlarining ortishi: naqd pulni komissiyasiz yechib olish boʻyicha tranzaksiyalar soni 60 foizga oshdi, bu biz kutganimizdan ham sezilarli darajada koʻproq degani. • Foydalanuvchilar sonining oʻsishi: Ushbu xizmatga qiziqqan yangi Paynet foydalanuvchilari soni 31% ga oshdi.