"365 kun" rebrendingi

“365 kun” — bu Korzinka riteylerining 2021-yildan buyon mavjud bo‘lgan savdo belgisi. “365 kun” brendining tarkibiga o‘rta narx segmentidagi (food va nonfood) barcha tovar toifalari mahsulotlari kiradi.

Muammo, vazifa

2023-yilda brendni qayta dizaynlash qaroriga keldik. Avvalgi dizayn klassik O‘SB usullariga mos kelmas, tokchalardagi raqobatchilar orasida ajralib turmasdi. Bundan tashqari, mahsulot qatoridagi dizaynning izchilligi va tanilishi xususiyatlari yo‘qolgan, shuningdek, mavjud dizayn doimiy ravishda kengayib borayotgan mahsulot qatoriga moslashtirilmagan.

Yechim

Biz brend pozitsiyasini va konsepsiyasini qayta ishlab chiqib, qadoqlash va logotipning ko‘rinishini yangiladik. Ortiqcha elementlar olib tashlandi, ma’lumot bloklari esa amaliy jihatdan yanada qulay bo‘ldi. O‘zbekistondagi yetakchi chakana savdo tarmog‘ining o‘z savdo belgisi uchun yaratilgan yangi dizayn endi har bir toifadagi keng mahsulotlar qatoriga mos keladi, bunda har bir mahsulotning o‘ziga xos qoidalari va vizual kodlariga rioya qilingan. Yangi uslub yorqinlik, lo‘ndalik va bir zumda tanib olishni ifoda etadi. Dizayn taqvimlar va ilovalardagi kabi kvadratlarning tanish "mozaikasi"ni tovarlar uchun ochiq oynalar bilan birlashtirib, brendning shaffof ekanligiga urg‘u beradi.

Natija

Yangi qadoq chakana savdo tarmog‘ida tatbiq etilgan va Korzinka do‘konlari tokchalarida mavjud. Biz yangilash jarayonini davom ettiryapmiz va kundan kun yangi qadoqdagi mahsulotlar ko‘proq sotuvga chiqarilmoqda. Bu brendning vizual o‘zligini anglatishni kuchaytirish va tokchalarda ajralib, iste’molchilar e’tiborini jalb etishga ko‘maklashib, xaridorlar tajribasini yaxshilashda muhim qadam hisoblanadi.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi