SUMMER 365
Брендинг для жилого комплекса в Батуми
Muammo, vazifa
Batumi ko‘chmas mulk bozorining muammosi – Gruziya madaniyati yoki kurort shaharning xususiyatlariga mutlaqo havola qilmaydigan qiyofasiz turar-joy majmualari yoki xonadonlardir. Bir qarashda umumiy massa orasida o‘zining noyobligini namoyon qila oladigan alohida majmua uchun neyming va brending ishlab chiqish talab etilgan. Maqsad – majmuani raqobatchilar orasida ajratib turadigan hamda kommunikatsiya va me’moriy yechimlari bo‘yicha bir xilda mukammal bo‘ladigan aydentikani yaratish.
Yechim
Asosiy g‘oya – Batumidagi ko‘chmas mulk ushbu kurort shaharda yoz – doimiyligi bilan jozibador ekanligiga urg‘u berishdir. Aynan shu tariqa SUMMER365 neymingi va “Hamisha yoz” shiori paydo bo‘ldi. Bular brendning Batumi bog‘lari bilan ilhomlangan firmaga xos ranglarda ham aks ettirilgan. Logotipning soddaligi biz uchun majmuadagi turar-joylar nisbatan arzonligini, shuningdek qurilayotgan obyektning umumiy me’moriy g‘oyasini yetkazib berish muhim bo‘lganini taqozo etadi. O‘ziga xos uslubning elementlari uchun asos sifatida biz gruziyalik jamiyatshunoslar yordamida topgan nashqlar xizmat qildi. Ularni tarixiy me’moriy yodgorliklar va an’anaviy zargarlik buyumlarida, yozishmalarda va dekorativ elementlarda kuzatish mumkin. Ushbu naqshlar ham firmaga xos tashuvchilarda, ham majmuaning tashqi bezagida va kichik me’moriy shakllarda qo‘llaniladigan bezaklarni ishlab chiqishda ilhom bag‘ishladi. Shuningdek, Lurji Supra an’anaviy dasturxonining naqshlari ham yana bir ilhombahsh elementga aylandi, zero ularning yordamida biz belgilar (ikonalar) grafikasi va navigatsiya elementlarini ishlab chiqdik.
Natija
Natija – 25 foiz xonadonlar qurilish bosqichida sotib bo‘lindi. Mijozlarni vizual kommunikatsiyaga nisbatan noodatiy yondashuv va ilg‘or aydentika jalb qilmoqda. Xususan, ilgari surish boshlangan vaqtdan atigi bir necha oy o‘tgach obyektning tanishligi qayd etilmoqda.