Korzinkaga keling, muzqaymoqqa narxlarni koʻring!
Oʻzbekistonda odamlar an’anaviy tarzda bozor yoki kichik doʻkonlardan xarid qilishni afzal biladilar, chunki u yerda tovarlar tanlovi koʻproq, sifatliroq va arzonroq deb hisoblashadi.
Muammo, vazifa
Ommaviy fikrga tayangan koʻplab iste’molchilar bozordagi xaridlar arzonroq ekaniga hamon ishonadi va bu Korzinka kabi tarmoqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri yetkaziladigan mahsulotlar va unumli takliflar boʻlishiga qaramay, supermarketlardagi savdoni tushiradi.
Yechim
Korzinka har bir iste’molchi guruhiga alohida yondashuvli reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi va suratga olingan videoni joylashtirish formatiga - asosiy maqsadli auditoriyasi yoshlar bo‘lgan kinoteatrdagi namoyishga mosladi. Har bir film namoyishida Korzinkadagi muzqaymoqlar uchun chegirmalar haqida tabiiy eslatma hamda seans tugagach, arzon narxlarga ishonch hosil qilish uchun do‘konga tashrif buyurish taklifi taqdim etildi.
Natija
Kampaniya jami 60 milliondan ziyod kontaktlarni, shu jumladan, 15 million noyob foydalanuvchilarni qamrab oldi. Oʻtgan yil bilan qiyoslaganda, taqqoslanadigan doʻkonlardagi sotuvlar 246% ga, cheklar soni 257% ga, sotilgan tovarlar miqdori esa 400% ga oʻsgan. Qariyb 60% soʻrovnoma ishtirokchilari supermarketlarga nisbatan fikrlarini oʻzgartirgan va bozorlarni Korzinkaga almashtirishga tayyor ekanligini bildirganlar. Bu esa taassurotning sezilarli oʻzgarganidan dalolatdir.