Bobur Tea — bir qadoqda tarixga hurmat va ekologiyaga e’tibor

Bobur Tea — o‘z vaqtida Hindistonni zabt etgan Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga yaratilgan choy brendi uchun konsept. Bugun ko‘pchilik yoshlar Bobur haqida juda oz ma’lumotga ega, biz mana shu loyiha orqali yosh avlodda uning hayotiga va madaniyatga qo‘shgan hissasiga qiziqish uyg‘otishga harakat qildik.

Muammo, vazifa

Uch turdagi choy uchun qadoq dizayni ishlab chiqish. Qadoq nafaqat madaniy meros bilan bog‘liqlikni ifodalashi, balki innovatsion yechim ham berishi kerak.

Yechim

Uchta qadoq konsepti ishlab chiqildi, ularning har birida Bobur hayotining turli sahnalari tasvirlandi. Qadoq yorug‘lik o‘tkazuvchi vitrajli shisha uslubida bajarildi. Choy ishlatib bo‘lingandan so‘ng qadoqni dekorativ shamdon sifatida ishlatish mumkin — bu qadoqqa "ikkinchi hayot" bag‘ishlaydi va uni foydali bezakka aylantiradi. Bunday g‘oya tufayli bu mahsulot shunchaki choy emas, balki Bobur haqidagi xotiralarni o‘zida saqlovchi san’at asari ham bo‘ladi.

Natija

Bobur Tea qadog‘i interaktiv uslub orqali yoshlarda tarixiy shaxslarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Bu kreativ yechim tarixga bo‘lgan hurmatni va ekologiyaga nisbatan ongli yondashuvni birlashtiradi, negaki qadoq axlatga tashlab yuborilmaydi, balki yangi shaklda foydalanila boshlaydi.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi