Женщины идущие к мечте
O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni haqidagi stereotiplar hanuzgacha ustunlik qilib kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 80 foizi ayollar faqat uy ishlari va bolalarni tarbiyalash bilan shug‘ullanishi kerak deb hisoblaydi. Bu ko‘p jihatdan O‘zbekistondagi yosh ayollarning 42 foizi ta’limsiz va ishsiz qolishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Muammo, vazifa
O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni haqidagi stereotiplar hanuzgacha ustunlik qilib kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 80 foizi ayollar faqat uy ishlari va bolalarni tarbiyalash bilan shug‘ullanishi kerak deb hisoblaydi. Bu ko‘p jihatdan O‘zbekistondagi yosh ayollarning 42 foizi ta’limsiz va ishsiz qolishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ayollarning bunday qiyofasi hamma joyda: filmlar, seriallar, kliplar, reklamalarda faol namoyish etiladi. U stereotiplarni mustahkamlash orqali ayolning jamiyatdagi rolini idrok etishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yechim
TBC Bank ayollar har qanday sohada ko‘proq narsaga erishishlari va o‘zlarini to‘laqonli jamiyatda bor ekanliklarini ko'rsatishi mumkinligiga ishonib, mavjud vaziyatni o‘zgartirishga urindi. "Orzuga intilgan ayollar" loyihasi doirasida biz jamiyat stereotiplari va qarshiligiga qaramay, o'z yo'nalishida muvaffaqiyatga erishgan 9 nafar afsonaviy ayollar siymosini tikladik. Ushbu ayollar nafaqat tarixni o‘zgartirgan, balki o‘zbek madaniyati, san’ati, ilm-fani va sanoati rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shgan. Arxiv rasmlar, maqola va qaydlardan foydalanib, loyiha jamoasi neyron tarmoqlari yordamida tarixiy qahramonlarni jonlantirdi, ularning hayoti va faoliyati sahnalarini qayta tikladi. Biz uchun O‘zbekistonning zamonaviy qizlari uchun namuna bo‘la oladigan ayollardan namuna ko‘rsatish muhim edi.
Natija
Loyiha o‘ziga xos taqdimot formati tufayli faqat ilhom bag'ishlash bilan cheklanmay, balki keng rezonans ham uyg‘otdi. Hech qanday yirik reklamalarsiz, tabiiy tarzda 3,7 mln qamrov Batafsil: https://youtube.com/playlist?list=PL87bqSy595rh2MMOGS68TK3yOemQ9lxwF&si=kYTicXnIfN8TO6Zi