See Beyond
Oʻzbekistonda 83 000 dan ortiq ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi insonlar mavjud. 25 yoshgacha boʻlgan yoshlarning faqat 17% qismigina ta'lim oladi va o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega.
Muammo, vazifa
Oʻzbekistonda 83 000 dan ortiq ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi insonlar mavjud. 25 yoshgacha boʻlgan yoshlarning faqat 17% qismigina ta'lim oladi va o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega. Bu ko‘pincha jamiyatdagi stereotiplar bilan bog‘liq. Bolalarni uyda yashirib qo‘yishadi, ularni o‘qish va rivojlanish imkoniyatidan mahrum etishadi. Odamlar nogironligi bo‘lgan inson hech narsaga erisha olmaydi deb o‘ylashadi, shuning uchun ularga sarmoya kiritishning mantig'i yo'q deb hisoblashadi.
Yechim
AVO bank, insonlarning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishni o‘zining vazifasi deb biluvchi tashkilot, har bir insonning o‘z g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyati borligini isbotladi. Biz ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalardan ularning fikrlari, orzulari va taassurotlarini biz bilan baham ko‘rishlarini so‘radik. Sun'iy idrok yordamida biz ularning g‘oyalarini suratlarga aylantirdik va ular ko‘rgazma-auksionda namoyish etildi. Shuningdek, har qanday ko'ngilli loyihani xayriya yo'li bilan qo'llab-quvvatlashi mumkin bo'lgan sayt ishlab chiqildi: https://orzuproject.uz/en/
Natija
Loyihani nafaqat O‘zbekistondan, balki boshqa mamlakatlardan ham minglab odamlar qo‘llab-quvvatladi. Ikki kun ichida ko'rgazmaga 3000 dan ortiq insonlar tashrif buyurdi. Ko'rgazma haqida BBC, TRT, markaziy telekanallar, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Turkiyaning mashhur nashrlari va blogerlari xabar berishdi. Chizilgan barcha 20 ta suratlar sotildi va tushgan mablag‘lar bolalarning operatsiyalariga yuborildi. Lekin eng muhimi, odamlarning munosabatini o‘zgartirish va har bir inson o‘zini namoyon qilishi va o‘z g‘oyalarini amalga oshirishi mumkinligini ko‘rsatish bo‘ldi. 20 000 000+ media qamrovi 1 500 000$ xayriya summasi 140+ mediadagi qaydlar 10x AVO saytiga tashriflar