IROQI – kashta tikish makoni
O‘zbek hunarmandlarining qo‘lda tikilgan kashtalari qadimdan qadrlanadi. Kashta tikish texnikasi («Iroqi» – xoch kashta tikish) nomini olgan IROQI loyihasi qadimiy an’anani qayta tiklaydi.
Muammo, vazifa
Hozirgi kunlarda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan azaliy hunarmandchilik kashta tikish o‘z nufuzini yo‘qota boshladi. Qo‘lda ishlangan buyumlar O‘zbekistondan tashqarida ham qadrlanishiga qaramay, odamlar bu mahoratni egallashga tobora kam vaqt ajratmoqda, va bir paytlar gullab-yashnagan madaniyat o‘tmishga aylanib bormoqda. Qo‘lda ishlangan buyumlar brendi va kashtachilik maktabini birlashtirgan “IROQI” loyihasi, vizual o‘xshashlik yordamida yangi auditoriyani jalb etish va barchaga kashtachilik sanʼatini tegib ko‘rish imkoniyatini berishni maqsad qilgan.
Yechim
Birinchi qadam, qadimiy hunarmandchilikni zamonaviy tarzda o‘zgartiradigan aydentikani ishlab chiqish edi. Brend logotipi minimalistik xoch bo‘lib, IROQI xoch kashta tikish texnikasiga ishora qiladi. Dekorativ elementlar mashhur «Iroqi do‘ppi» naqshlari – qo‘lda tikilgan o‘zbek do‘ppilari asosida yaratilgan. Maxsus mo‘ljallangan kataklar ustiga tasvirlangan ushbu naqshlar barcha firma buyumlarini bezashda mustaqil ravishda ham yoki patternning bir qismi sifatida ham ishlatish imkoniyatini beradi.
Natija
Birinchi qadam, qadimiy hunarmandchilikni zamonaviy tarzda o‘zgartiradigan aydentikani ishlab chiqish edi. Brend logotipi minimalistik xoch bo‘lib, IROQI xoch kashta tikish texnikasiga ishora qiladi. Dekorativ elementlar mashhur “Iroqi do‘ppi” naqshlari – qo‘lda tikilgan o‘zbek do‘ppilari asosida yaratilgan. Maxsus mo‘ljallangan kataklar ustiga tasvirlangan ushbu naqshlar barcha firma buyumlarini bezashda mustaqil ravishda ham yoki patternning bir qismi sifatida ham ishlatish imkoniyatini beradi.