Metroda kechki Dasturxon
Qand brendi va the Butter Dinner Club jamoasi Toshkent Metropolitenida ilk marotaba noan'anaviy formatdagi tadbirni tashkil etishdi. Bu tadbir jamoatchilik e'tiborini metro qurilishi tarixiga qaratish va yer osti muzeyimizni qurgan qahramonlarga hurmat bajo keltirish maqsadida o'tkazildi.
Muammo, vazifa
Toshkent Metropoliteni ichida noan'anaviy tadbir o'tkazish orqali unga e'tibor qaratish.
Yechim
1) "The Butter Dinner Club" jamoasi bilan hamkorlikda metroda kechki tushlik tashkil etish, interaktiv formatda metro qurilishi jarayonlarini aks ettiruvchi dasturxon yozish;
2) Toshkent Metropoliteni qurilishi haqida hujjatli film namoyish etish;
3) me'morlardan birini spiker sifatida taklif qilish va Toshkent Metropoliteni qanday qilib bunyod etilgani haqida so'zlab berish;
4) "Qand" brendidan "Metro" konfetining ta'mini konstruktiv nuqtai nazardan yaratish: konfetning yarim shar shakli - tunnel; kungaboqar urug'lari - havo; quritilgan olcha va mayiz asosida maxsus ishlab chiqilgan vaflilar - poyezd; keshyu yong'oqlari - relslar; qora shokolad - shpallar.
Natija
Umumiy postlar soni – 12; Qamrov – 241 024; Repostlar – 4868; Bilvosita qamrov – 329 313; Elle Oʻzbekistonda eksklyuziv, Jahongir Latipov, Новости Узбекистана на вайбе, Aʼzamxoʻjayev, Kainbek, TashkentModernism kanallarida organik belgilar.