Aytilmagan gaplar
Yil sayin telefon qo‘ng‘iroqlari soni kamayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra qo‘ng‘iroq qilgandan ko‘ra xabar yuborishni afzal ko‘radiganlar hajmi 70 foizidan ortiqdir. Biroq O‘zbekistonda bazi bir insollar guruhi uchun tugmali telefonlar hali ham kerakli bo‘lib qolmoqda. Tugmali telefonlar bozori lideri bo‘lgan Novey kompaniyasi rebrending va repozitsiyalanish vaqtida ehtimoliy mijozlarining qalblarini zabt etish uchun reklama kampaniyasini ishga tushirishga qaror qildi.
Muammo, vazifa
Qanday qilib telefon qo‘ng‘iroqlarini doimiy mijozlardan tashqari kengroq auditoriya uchun ham muhim jarayonga aylantirish mumkin?
Yechim
G‘oya: Ko‘plab yechilmagan savollarni birgina telefonda gaplashish bilan yechish mumkunligi hamda allaqachon aytilishi kerak bo‘lgan so‘zlar haqida ijtimoiy eksperiment o‘tkazish. Yechim: 200 ta kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdik. Ular ancha vaqt o‘tishiga qaramay haligacha yakuniga yetmagan noxush hikoyalar bilan ulashishdi. Ko‘plab ishtirokchilar o‘z yaqinlariga — oila a’zolari, do‘stlari va qarindoshlariga muhim so‘zlarni aytishmagani haqida afsus qilishlarini bildirishdi. Biz ularga ichlarida uzoq saqlagan so‘zlarini va nihoyat qo‘ng‘iroq orqali aytishni taklif qildik. Eng emotsional lahzalar suratga olindi va internetda tarqatildi.
Natija
Natijalar: • 1 milliondan ortiq video tomoshasi; • 160 000 dan ortiq repost, belgilash va izohlar; • Inflyuyenserlar, blogerlar va turli ommaviy axborot vositalari ishtirokchilarning hikoyalari bilan bo‘lishishdi; • Eng muhimi: qahramonlarimiz aytilmay qolgan so‘zlarini g‘amxo‘rlik ifodasiga aylantirdilar.