Kutish hikoyasi

O‘zbekistonda sut, katta raqobat va xilma-xillikga boy bozorlardan biri. O‘n yillik tajribaga ega mahalliy sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Pure Milky o‘tgan yili o‘zining Tetra Pak qadog‘idagi ilk sutini taqdim etishga qaror qildi. Sodiq mijozlar yangilikni sabrsizlik bilan kutayotgan bir paytda, brend kengroq auditoriya e’tiborini jalb qilishga intildi.

Muammo, vazifa

Qanday qilib eng oddiy mahsulotning chiqarilishini eng kutilgan holga keltirish mumkin?

Yechim

G‘oya: Pure Milky sutining sotuvga chiqishi atrofidagi shov-shuvni kuchaytirish uchun biz universal til — memlar tilini tanladik. KUTISH mavzusi atrofida xayp yaratishga qaratilgan virusli didjital-kampaniyani ishlab chiqdik. Brendlar “unikal” bo‘lishga harakat qilayotgan bir paytda, biz xalqona tilda sozlashadigan kampaniyani yolga qo‘ydik. Yechim: Biz omborxonada zerikgan va nimanidir kelishi sabrsizlik bilan kutayotgan kichkina qizaloq va buzoqcha haqida videoni suratga oldik. Kampaniya ikki qismdan iborat bo‘ldi: - Tizer Biz minglab virusli memlarni ko‘rib chiqdik va kutish elementiga ega bo‘lganlarini tanladik. Ochiq yakunli videomizda Qizaloq mashhur memlardagi qahramonlarning harakatlarini takrorladi. Keyin esa “Qizaloq va buzoqcha nimani kutmoqda?” degan savol bilan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdik. Inflyuyenserlar, ommaviy axborot vositalari va hatto yirik brendlar ham o‘z taxminlari bilan bo‘lishdilar va o‘zlarining memlarini ham yaratishni boshladilar. Bu 10 kun davom etdi. - Ochiqlash 11-kuni beshta mashhur bloger o‘zlarining Instagram sahifalarida 4 soatlik uzluksiz jonli efir boshladilar. Jonli efir faqatgian noma’lum narsani kutishdan iborat edi. Efir oxirida eshik taqillaydi, uning ortida esa qizaloq va buzoqcha Pure Milky sutli bilan kutib turishardi. Xalqqa mahsulotimizni aynan shunday tarzda taqdim etdik. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda qadoqdagi mahsulot aks etgan to‘liq videorolik joylashtirdik.

Natija

11 kun davomida kampaniyamiz ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mana bir nechta muhim natijalar: - videoni 665 000 marta tomosha qilishdi - 2 500 dan ortiq izohlar - jonli efirdagi 23 000 tomoshabin - turli platformalarda deyarli 6 million inson jalb qilindi.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi