AVO: soniyalarda imkoniyatlar

O‘zbekistonda hali ham ko‘pchilik asosiy xizmatlarni olish uchun banklarga shaxsan tashrif buyurish zaruratiga duch kelmoqda. Navbatlar, hujjatlar va xizmat ko'rsatishdagi kechikishlar — odatiy amaliyotdir. Raqamlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga qaramay, ko‘plab operatsiyalarni hali ham onlayn hal qilib bo‘lmaydi, bu esa uzoq kutish va vaqt yo‘qotilishiga olib keladi.

Muammo, vazifa

Navbatda turib kutish butun kunni olishi mumkin, bu esa mijozlarning ishdan javob so’rashlariga, muhim vazifalarni keyinga qoldirishiga va stressga tushishiga sabab bo‘ladi. Kechikishlar esa salbiy hissiyotlarni va umidsizlikni keltirib chiqaradi, chunki o‘zingizga yoki sizning vazifalaringizga sarflanishi mumkin bo‘lgan vaqt bankka borishga sarflanadi. Insonlar eng qimmatli narsani — vaqtni yo‘qotadilar.

Yechim

AVO bank odamlarning imkoniyatlarini tortib olmaydi, balki ularni taqdim etadi. Bankning flagman mahsuloti — bu foizsiz kredit karta bo‘lib, uni istalgan vaqtda onlayn rejimda va ilova orqali mutlaqo bepul rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, kartani eng yaqin kartomatdan 30 soniyada chiqarib olib, undan darhol foydalanishni boshlash mumkin.

Hammasi shunchalik osonligini qanday isbotlash mumkin? Mahsulot taqdimoti davomida biz mehmonga sahnaga chiqishni taklif qildik: kartani rasmiylashtirishni, uni kartomatdan olishni va qahva uchun to‘lov qilishni iltimos qildik. Bu kartani olish tezligini va qulay xarid qilish imkoniyatini yaqqol namoyish etishga yordam berdi.

Buni har bir kishi o'zi tajribasida sinab ko'rishi uchun biz savdo nuqtalari va kartomatlarimizni hamma joyga o'rnatdik: odamlar sanoqli soniyalarda kartani olish va shu zahotiyoq nimanidir sotib olish imkoniyatiga ega bo'ldilar: kiyim-kechak, texnika, oziq-ovqat — xohlagan narsalarini.

Savdo nuqtalaridagi reklamadan tashqari, biz boshqa kanallarni ham ishga tushirdik: TV, digital, inflyuyens, metro va temir yo‘l vokzallarini. Mijoz reklamamizni uyda, ishda, transportda yoki dam olish paytida — qayerda ko'rishidan qat'iy nazar, bir zumda ilovani o‘rnatish va virtual kartani ochish, sanoqli soniyalarda o'ziga yaqin kartomatdan plastik kartani olish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Natija

Reklama kampaniyasining birinchi oyidayoq biz Google Play va App Store’da yuklab olish bo‘yicha O‘zbekistonda 1-o‘rinni egalladik. Boshqa banklarda 9 oydan 3-yilgacha bo‘lgan vaqtni talab qilgan narsaga AVO bank atigi 3 oy ichida erishdi — yuklab olishlar 1 000 000 ta yetdi. 650 000 dan ortiq kishi plastik kartalarini olib, xohlagan xaridlari uchun to‘lovni amalga oshira boshladi. Biz millionlab insonlarni o‘z imkoniyatlarini oson va tez ro‘yobga chiqarish mumkinligiga ishontira oldik.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi