ESG keys: Inson uchun

Click tomonidan yaratilgan muhtojlarga to’g’ridan-to’g’ri yordam berish imkoninini beruvchi xayriya platformasi.

Muammo, vazifa

O‘zbekistonda bugungi kunda 5 yirik xayriya fondlari faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning faoliyati faqat donorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ammo O‘zbekistondagi fondlar turli qiyinchiliklar bilan duch keladi:

- Mukammal veb-saytlarning mavjud emasligi,

- Ijtimoiy tarmoqlar orqali mablag' to’plash,

- Firibgarlik holatlari

- Shaxsiy kartalarga komissiya bilan pul o’tkazish yo’li orqali uzoq muddatga cho’ziluvchi mablag’ to’plash

Bunday vaziyatlarda noma'lum yoki tasdiqlanmagan guruhlarda xayr-ehson qilish to’g’rimi degan savol tug'iladi. Mazkur keys haqiqatmi yoki men hozirda firibgarlarga pul yuboryapmanmi? Mashhur insonlar, blogerlar va inflyuenserlar chin dildan yordam berishni xohlashadi, o’z obro’sini xatarga qo’yib mablag’ yig’imlari haqida gapirib berishadi, ammo mazkur pullar har doim ham kerakli joyga yo’llanmaydi. Ko’pchilik tarmoqda muhtojlarni ko’rib yordam bergisi keladi, ammo ular ishonchli va shaffof platformani topa olmaydilar. Click bu muammoni hal qildi.

Yechim

17 000 000 dan ortiq akkauntga ega Click Up ilovasida Milliy ijtimoiy himoya agentligi bilan hamkorlikda “Inson uchun” xayriya platformasi yaratildi. Mazkur platforma fondlar, xayriyachilar va yordamga muhtojlar o‘rtasida ko‘prikka aylandi.

- Barcha keyslar ijtimoiy himoya organi va fondlar tomonidan tekshiriladi;

- Mablag' yig'ish jarayonini va bolaning kelgusi taqdirini kuzatish mumkin,

– Har oyda bajarilgan ishlar natijalari namoyish etiladi.

Natija

4 oy ichida:

2 178 265 000 so‘mdan ortiq mablag‘ to’plandi;

 104 dan ortiq bolalar qutqarildi;

 xizmatga 270 000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi;

 30 000 dan ortiq kishi yordam ko’rsatdi.

Bu xayriya to‘lovlarini amalga oshirishda shaffoflik va maqsadlilik qanchalik muhimligidan dalolat beradi.

Platforma taqdimoti 9-mart kuni bo'lib o'tdi, tadbirga xayriya tashkilotlari a'zolari, ijtimoiy himoya agentliklari, inflyuenserlar va fikr yetakchilari taklif etildi. Dastlabki 3 kun ichida ko'plab repostlar va nashrlar tufayli 18 ta keys yopildi.

Muhtojlarga yordam ko'rsatishdan tashqari, xayriya loyihalari jamiyatda insonparvarlik hamda atrofdagilarga yordam berish odatini rivojlantiradi va aholining ijtimoiy muammolar va boshqa odamlarning ehtiyojlariga befarq bo’lmaslik ko’nikmasini rivojlantiradi. Bu jamiyatda hamjihatlikni shakllantirish uchun kuchli vositadir.

TAF! * TAF! * TAF! * TAF!

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi

arizalar qabul qilinadi